Endi AQSHlik mutaxassis “Onlayn maktab”da ingliz tilidan dars o‘tadi

06 Noyabr 2020
image

Ma’lumki, farzandlarimizning kelajakda muvaffaqiyatga erishishida xorijiy tillarni bilishi o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Shu bois, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarga chet tillarini o‘rgatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, «Onlayn maktab» loyihasi doirasida tasvirga olinayotgan umumta’lim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili darslarini o‘tishga Madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha amerikalik attashe jalb qilindi. Endi o‘quvchilarda ingliz tilini xorijlik mutaxassisdan o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Joan farzandlarimizga til o‘rganishning oson va samarali yo‘llari orqali ingliz tilini o‘rganishlarida ko‘maklashadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning chet tilini o‘zlashtirishlarida ijobiy samara beradi.

info@maktab.uz
@329_maktab
@329maktab
/329_maktab